So‘nggi:
Afg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyatO‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladiJamiyatPekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildiDunyoAQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqdaDunyoToshkentda mast erkak avtobus yo‘lovchisiga shahvoniy shilqimlik qilib, jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatislohotlar markazi O‘zbekistonda uglerod izini kamaytirishning uchta qadamini ma’lum qildiJamiyatDavlat organlaridagi komplayens-xizmatlarining vakolatlari kengaytirilib, himoyasi kuchaytiriladiSiyosatO‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasi doirasida o‘zaro hudud almashdiSiyosatO‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi mustaqillikdan buyon 9 yilga uzaydiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldiSport

O‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda gazlangan ichimliklar (jumladan, kola), chips, energetiklar hamda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosidan tushadigan daromadning bir qismini onkologik kasalliklarni davolashni moliyalashtirishga yo‘naltirish belgilandi.

Respublikada Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida maxsus Kasalliklarga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Mazkur jamg‘arma budjetining teng yarmi (50 foizi) aynan zararli mahsulotlar savdosidan olinadigan maqsadli ajratmalar hisobidan shakllantiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, aholining zararli oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishi yoki zararli odatlari onkologiya sohasi uchun majburiy homiylikka aylanadi. Jamg‘arma tomonidan yig‘iladigan mablag‘larning yarmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiyot tizimiga o‘tkaziladi.

Ushbu mablag‘lar respublika bo‘ylab quyidagi ustuvor maqsadlarga sarflanadi:

  • Bemorlarni xorijda ishlab chiqarilgan, taqchil va qimmatbaho o‘smaga qarshi dori-darmonlar bilan bepul ta’minlash;

  • Saraton kasalligini erta bosqichlarda aniqlash uchun aholi o‘rtasida bepul diagnostika va skrining dasturlarini moliyalashtirish;

  • Respublika bo‘ylab barcha hududiy onkologiya markazlarining moddiy-techik bazasini modernizatsiya qilish va binolarini yangilash;

  • Og‘ir kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan yuqori texnologiyali xorijiy tibbiy uskunalar xarid qilish.

Bunday maqsadli yig‘imlar mexanizmining joriy etilishi davlatga onkologik bemorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun budjetdan tashqari yirik miqdordagi mablag‘larni jalb qilish imkonini beradi. Ekspertlarning fikricha, mazkur islohot tibbiyotni moliyalashtirishdan tashqari, zararli mahsulotlar narxining oshishi hisobiga aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ularning iste’molini kamaytirishga ham yordam beradi.