Londonning qimmatbaho mehmonxonasida Saudiya Arabistoni qirolining qarindoshi bo‘lgan 29 yoshli shahzoda o‘lik holda topildi. Tibbiy ekspertiza o‘limga alkogol va giyohvand moddalar sabab bo‘lganini tasdiqladi.
Bu haqda Britaniyaning «The Telegraph» nashri tergov va sud-tibbiylik ekspertizasi xulosalariga tayanib xabar berdi.
Qirollik oilasi vakilining murdasi mehmonxona xonasining yuvinish xonasidan farrosh tomonidan topilgan. Olib borilgan toksikologik tekshiruvlar marhumning qonida juda yuqori dozadagi alkogol va giyohvand moddalar borligini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, shahzoda ushbu fojiamli hodisadan bir necha oy ilgari Londonning elita klinikasida spirtli ichimliklar hamda giyohvandlik qaramligidan davolanish kursini o‘tagan.
Murdani yorib ko‘rish natijalari marhumda hech qanday surunkali kasalliklar bo‘lmaganini va o‘lim taqiqlangan moddalar hamda spirtli ichimlikning birgalikdagi og‘ir ta’siri oqibatida yuzaga kelgan yurak to‘xtashidan kelib chiqqanini ko‘rsatdi.