So‘nggi:
Vyetnamga boradigan o‘zbekistonliklar uchun kirish tartibi o‘zgardiDunyoToshkentda TDPU, Mehnat vazirligi va ikkita hokimlik binolari auksionga qo‘yildiJamiyatMoskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyat

Vyetnamga boradigan o‘zbekistonliklar uchun kirish tartibi o‘zgardi

Vyetnamga boradigan o‘zbekistonliklar uchun kirish tartibi o‘zgardi

22-iyundan boshlab Vyetnamga keluvchi barcha xorijliklar PAI elektron kartasini olishi shart. Uzbekistan Airways yangi qoidalar joriy etilganini tasdiqladi.

Yangi tartibga ko‘ra, har bir sayyoh parvozdan kamida 72 soat oldin hukumatning prearrival.immigration.gov.vn internet portali orqali raqamli PAI kartasini rasmiylashtirishi shart. Sayt interfeysida rus tili mavjud bo‘lib, u yerda yo‘lovchining shaxsiy ma’lumotlari, viza hujjatlari hamda parvoz yo‘nalishi ko‘rsatiladi.

Ma’lumotlar tekshirilgach, tizim tomonidan maxsus QR-kod beriladi. Chegara nazorat punktida muammolarga duch kelmaslik uchun ushbu kodni telefonga yuklab olish yoki qog‘ozga chop etib, pasport bilan birga taqdim etish lozim.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi mazkur o‘zgarishlar yuzasidan o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni ogohlantirib chiqdi. Unga ko‘ra, mazkur majburiyat 23-iyun kunidagi HY561 reysidan e’tiboran barcha fuqarolarga nisbatan to‘liq tatbiq etiladi.

Vyetnam immigratsiya xizmatining qayd etishicha, bu chora xalqaro aeroportlardagi hujjat tekshirish jarayonini bir necha barobar tezlashtiradi va terminallardagi uzoq kutish vaqtini qisqartiradi.