So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekistonda may oyi kutilganidan issiqroq kelishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda may oyi kutilganidan issiqroq kelishi ma’lum qilindi

O‘zgidromet mutaxassislari bahorning so‘nggi oyi uchun prognozlarni e’lon qildi. May oyining birinchi kunlari yog‘ingarchilik bilan boshlansa-da, oy davomida o‘rtacha harorat iqlim me’yoridan 2 darajagacha yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Oyning qolgan qismida haroratning ko‘tarilishi va sezilarli tebranishlar kuzatiladi. May oyi oxiriga borib kechki harorat 18–23 darajagacha ko‘tarilsa, kunduzgi issiq 25–30 darajadan 30–35 darajagacha yetadi. Mamlakatning janubiy viloyatlari va cho‘l zonalarida havo harorati yanada yuqori bo‘lib, ba’zi kunlarda termometr ko‘rsatkichlari 36–38 darajagacha chiqishi prognoz qilinmoqda.

Umuman olganda, 2026-yilning may oyida o‘rtacha oylik harorat ko‘p yillik me’yordan 1,5–2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilyapti. Issiq ob-havo hukmronlik qilsa-da, ayrim kunlarda mahalliy xarakterdagi qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli saqlanib qoladi. Bu esa may oyi uchun xos bo‘lgan tabiiy iqlimiy jarayondir.