So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Mingbuloqda ochiq qolgan transformator sabab 4 yoshli bola ikki qo‘lidan ayrildi

Mingbuloqda ochiq qolgan transformator sabab 4 yoshli bola ikki qo‘lidan ayrildi

Mingbuloqda ochiq transformatorga kirgan bolani tok urdi va u nogiron bo‘lib qoldi. Sud mas’ul xodimni jazoladi, oilaga moddiy yordam ajratildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mudhish voqea yuzasidan Mingbuloq tumani hokimligi rasmiy bayonot berdi. Ma’lum bo‘lishicha 2025-yilning noyabr oyida Ko‘rikobod mahallasida istiqomat qiluvchi to‘rt yoshli Jamshidbek Xolmatov qarovsiz qolib ochiq turgan transformator ichiga kirib ketgan. Kuchli elektr toki urishi natijasida og‘ir jarohat olgan bolaning hayotini saqlab qolish maqsadida shifokorlar uning ikkala qo‘lini tirsak qismidan kesib tashlashga majbur bo‘lishgan.

Ushbu sovuqqonlik uchun mas’ul bo‘lgan tuman elektr tarmoqlari korxonasi ustasiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra aybdor ikki yil muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb etildi va jarimaga tortildi. Jabrlangan oilaga tuman hokimligi va elektr tarmoqlari tomonidan jami 110 million so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda bola doimiy tibbiy nazoratga olingan va unga nogironlik nafaqasi tayinlangan. Mutasaddilar bunday fojialarning oldini olish uchun xavfli ob’ektlarni nazorat qilishni kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqda.