So‘nggi:
Rossiya TIV Toshkentda bloger Aziz Xakimovga o‘qilgan hukmga munosabat bildirdiJamiyatToshkentning ikki tumanida 22-avgust kuni gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatO‘zbekistonda biznes uchun 30 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadiJamiyatToshkent tumanida YPX xodimi haydovchini so‘kib, unga tashlandiJamiyatPavel Durov xalqaro informatika olimpiadasida medal olgan uzbekistonliklarni tabrikladiJamiyatQirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqdan olmadek keladigan o‘sma olib tashlandiJamiyatToshkentning ikkita tumanida 4 kun davomida gaz ta’minoti o‘chiriladiJamiyatMoskva sudi nafaqaxo‘r ayolga xonadondan krokodil, ilon va tulkini olib chiqib ketish majburiyatini yukladiDunyoDunyoda chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqdaDunyoO‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyot

Fabio Kannavaro Kongo DRga qarshi o‘yindan so‘ng mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Fabio Kannavaro Kongo DRga qarshi o‘yindan so‘ng mag‘lubiyat sabablarini aytdi

 O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH—2026 doirasidagi Kongo DRga qarshi bahsdan (1:3) keyin matbuot anjumanida qatnashdi va mag‘lubiyat sabablarini aytdi.

Kannavaro shogirdlarining o‘yinni yaxshi boshlagani, biroq ikkinchi bo‘limda raqib jismoniy bosimni oshirgani va taktik xatolar gollarga olib kelganini qayd etdi:

— Bugun birinchi taymni juda ham yaxshi boshladik, koʻplab imkoniyatlarga ega boʻldik va juda koʻp energiya sarfladik. Bugungacha bizning jismoniy samaradorligimiz yaxshi edi, bugun ham jismoniy tomondan yaxshi harakatlandik. Raqibimiz ham bu tomonlama yaxshi shakllangan jamoa edi. Biz oʻyindan oldin toʻpni nazorat qilmasak qiyin boʻlishini bilardik. Ikkinchi boʻlimda esa xatolar qila boshladik va aynan shu sababli gollar oʻtkazib yubordik.

Italiyalik mutaxassis guruh bosqichidagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, futbolchilarni ayblamasligini va ular borini berib o‘ynaganini alohida ta’kidladi:

— Albatta, futbolchilar bilan juda koʻp muloqot qildim. Guruhimizda kuchli jamoalarga qarshi oʻynashimiz kerakligini avvaldan bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz. Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qoʻlidan kelgan hammasini qildi va men ulardan faxrlanaman. Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham ulkan tajriba boʻldi. Oʻylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivatsiya beradi.

Ma’lumot uchun, K guruhining hal qiluvchi uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Kongo DRga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dastlabki ikki turda ham mag‘lub bo‘lgan hamyurtlarimiz ochko jamg‘ara olmay guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi va ilk mundialdagi ishtirokini yakunladi. Ushbu guruhdan Kolumbiya 7 ochko bilan peshqadam sifatida, Portugaliya esa 5 ochko bilan ikkinchi o‘rin egasi sifatida pley-offga yo‘l oldi. Kongo DR 4 ochko bilan guruhda uchinchi bo‘ldi.