So‘nggi:
JCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldiSportO‘zbekistonda Rossiya davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha sinov loyihasi boshlanadiJamiyat1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 7 foizga oshadiJamiyatO‘zbekistonda yagona UzQR to‘lov tizimi ishga tushirildiJamiyatVyetnamga boradigan o‘zbekistonliklar uchun kirish tartibi o‘zgardiDunyoToshkentda TDPU, Mehnat vazirligi va ikkita hokimlik binolari auksionga qo‘yildiJamiyatMoskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosat

JCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

JCH-2026: O‘zbekiston termasi Portugaliyadan yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga 0:5 hisobida yutqazdi. Ronaldu dubl qayd etgan bo‘lsa, Leau yakuniy golni urdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichidagi ikkinchi uchrashuvida ham imkoniyatni boy berdi. Kolumbiyaga qarshi kechgan ilk bahsdagi mag‘lubiyatdan (1:3) so‘ng, Fabio Kannavaro shogirdlari guruhning eng kuchli jamoasi sanalgan Portugaliya termasi bilan kuch sinashdi. AQSHning Xyuston shahrida o‘tgan uchrashuv yevropaliklarning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqa o‘tib borayotganda Nunu Mendesh jarima zarbasini aniq amalga oshirib, farqni oshirdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Ronaldu o‘zining ikkinchi golini urib, dublini rasmiylashtirdi — 3:0. O‘yin davomida vakillarimiz tomonidan urilgan gol hakamlar tomonidan fol sababli bekor qilindi. Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik raqib tomonida bo‘ldi: 60-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng to‘p Abduqodir Husanovdan darvozamizga kirdi (avtogol), o‘yin oxirida esa zaxiradan tushgan Rafael Leau beshinchi golga mualliflik qildi.

Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhda ochkosiz qolmoqda, Portugaliya esa 4 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Kannavaro jamoasi guruhdagi so‘nggi uchrashuvni Kongo DR termasiga qarshi o‘tkazadi.