So‘nggi:
BMT 2027–2036-yillarni kelajak avlodlar uchun tinchlikni mustahkamlash o‘n yilligi deb e’lon qildiDunyoUmarbek Eshmurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunladiJamiyatBanklardagi muammoli kreditlar 23,6 trln so‘mdan oshdiIqtisodiyotYTHda haydovchilarga pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdorning sug‘urtasidan olishga ruxsat berildiJamiyatFabio Kannavaro Kongo DRga qarshi o‘yindan so‘ng mag‘lubiyat sabablarini aytdiSportO‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH—2026 o‘yinida DR Kongoga imkoniyatni boy berdiSportAfg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyatO‘zbekistonda kola va chips savdosidan tushadigan mablag‘larning bir qismi saratonni davolashga yo‘naltiriladiJamiyatPekindagi eng baland osmono‘par bino CITIC Tower’ga samolyot kelib urildiDunyoAQSH Oliy sud qaroridan so‘ng chet elliklarga siyosiy boshpana berishni amalda to‘xtatmoqdaDunyo

Fabio Kannavaro Kongo DRga qarshi o‘yindan so‘ng mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Fabio Kannavaro Kongo DRga qarshi o‘yindan so‘ng mag‘lubiyat sabablarini aytdi

 O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH—2026 doirasidagi Kongo DRga qarshi bahsdan (1:3) keyin matbuot anjumanida qatnashdi va mag‘lubiyat sabablarini aytdi.

Kannavaro shogirdlarining o‘yinni yaxshi boshlagani, biroq ikkinchi bo‘limda raqib jismoniy bosimni oshirgani va taktik xatolar gollarga olib kelganini qayd etdi:

— Bugun birinchi taymni juda ham yaxshi boshladik, koʻplab imkoniyatlarga ega boʻldik va juda koʻp energiya sarfladik. Bugungacha bizning jismoniy samaradorligimiz yaxshi edi, bugun ham jismoniy tomondan yaxshi harakatlandik. Raqibimiz ham bu tomonlama yaxshi shakllangan jamoa edi. Biz oʻyindan oldin toʻpni nazorat qilmasak qiyin boʻlishini bilardik. Ikkinchi boʻlimda esa xatolar qila boshladik va aynan shu sababli gollar oʻtkazib yubordik.

Italiyalik mutaxassis guruh bosqichidagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, futbolchilarni ayblamasligini va ular borini berib o‘ynaganini alohida ta’kidladi:

— Albatta, futbolchilar bilan juda koʻp muloqot qildim. Guruhimizda kuchli jamoalarga qarshi oʻynashimiz kerakligini avvaldan bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz. Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qoʻlidan kelgan hammasini qildi va men ulardan faxrlanaman. Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham ulkan tajriba boʻldi. Oʻylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivatsiya beradi.

Ma’lumot uchun, K guruhining hal qiluvchi uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Kongo DRga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dastlabki ikki turda ham mag‘lub bo‘lgan hamyurtlarimiz ochko jamg‘ara olmay guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi va ilk mundialdagi ishtirokini yakunladi. Ushbu guruhdan Kolumbiya 7 ochko bilan peshqadam sifatida, Portugaliya esa 5 ochko bilan ikkinchi o‘rin egasi sifatida pley-offga yo‘l oldi. Kongo DR 4 ochko bilan guruhda uchinchi bo‘ldi.