So‘nggi:
Oq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyatO‘zbekistonda semizlik va diabetga qarshi yangi dori vositasi ro‘yxatga olindiJamiyat«Chinor» metro bekati keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochilmoqdaJamiyat

«Chinor» metro bekati keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochilmoqda

«Chinor» metro bekati keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochilmoqda

Toshkent metropolitenining «Chinor» bekati 29-iyul soat 05:00 dan e’tiboran qayta ish boshlaydi. Qurilish va modernizatsiya ishlari sababli yopilgan bekat rejadagi 50 kun o‘rniga muddatidan oldin foydalanishga topshirilmoqda.

Yerusti halqa metro yo‘lining Chilonzor yo‘nalishi bilan bog‘lovchi yangi qismidagi qurilish-montaj va infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlari sababli «Chinor» bekati faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Toshkent metropoliteni barcha ishlarni 50 kun ichida yakunlashni rejalashtirgan edi.

Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, o‘tish yo‘laklarini qayta loyihalash hamda kirish-chiqish zonalarini kengaytirish bo‘yicha texnik va qurilish ishlari belgilangan 50 kunlik muddat to‘lmasdan to‘liq poyoniga yetkazildi.

Amalga oshirilgan rekonstruksiya jarayonida bekatning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, kirish va chiqish hududlari sezilarli darajada kengaytirilib, turniketlar soni 6 tadan 13 tagacha ko‘paytirildi. Shuningdek, ilgari yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirgan o‘tish yo‘laklari to‘liq qayta loyihalashtirilib, liniyalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qulay o‘tish imkoniyati yaratildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar bekatning yo‘lovchi qabul qilish quvvatini keskin oshirishga xizmat qiladi. Ilgari kuniga o‘rtacha 15 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan «Chinor» bekati rekonstruksiyadan so‘ng bir sutkada 35–40 ming nafargacha yo‘lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.