So‘nggi:
Oq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyatO‘zbekistonda semizlik va diabetga qarshi yangi dori vositasi ro‘yxatga olindiJamiyat«Chinor» metro bekati keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochilmoqdaJamiyat

O‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqda

Dubay xalqaro aeroportidagi biznes va birinchi toifa kutish zallariga o‘zbekistonliklar uchun 80 ta bo‘sh ish o‘rni ajratildi. Oylik maosh 950 dollardan boshlanadi, barcha xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay xalqaro aeroportida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun saralash tanlovini e’lon qildi. Loyiha doirasida aeroportning biznes va birinchi toifadagi (VIP) yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan maxsus kutish zallarida xizmat ko‘rsatish sohasida 80 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etilmoqda.

Ish o‘rinlari va ish haqi miqdori: Bo‘sh ish o‘rinlari aeroportning xizmat ko‘rsatish (Lounge Attendant / Waiter / Waitress) va oziq-ovqat sohasiga yo‘naltirilgan bo‘lib, erkaklar hamda xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar ko‘zda tutilgan. Ish beruvchi tomonidan taklif etilayotgan oylik maosh miqdori 3500 BAA dirhami (taxminan 950 AQSh dollari) ni tashkil etadi. Ish tartibi smenali bo‘lib, haftasiga 6 kunlik ish rejasi va 1 kunlik dam olish kuni belgilanadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • Yosh chegarasi: 18 yoshdan 35 yoshgacha;

  • Ingliz tilini erkin muloqot darajasida (Intermediate / Upper-Intermediate) bilish (arab tili yoki boshqa chet tillarini bilish qo‘shimcha afzallik beradi);

  • Mehmonxona, restoran yoki xizmat ko‘rsatish (HoReCa) sohasida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

  • Xushmuomalalik, stressga chidamlilik va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalarining yuqori darajada bo‘lishi;

  • Sudlanmaganlik va O‘zbekistondan chiqishga taqiqning yo‘qligi.

Ijtimoiy paket va ta’minot: Taklif etilayotgan vakansiya bo‘yicha barcha asosiy va qo‘shimcha xarajatlar to‘liq ish beruvchi kompaniya tomonidan qoplanadi. Xususan:

  • BAAga kirish ishchi vizasini rasmiylashtirish va doimiy rezidentlik kartasi (Emirates ID);

  • O‘zbekistondan Dubayga uchish va shartnoma yakunida ortga qaytish uchun bepul aviachiptalar;

  • Aeroportdan yashash joyigacha bo‘lgan dastlabki transfer hamda har kungi ishga borib-kelish transport xizmati;

  • Bepul va barcha sharoitlarga ega turar joy hamda ish vaqtida 3 mahal bepul ovqatlanish;

  • Xalqaro tibbiy sug‘urta polisi va maxsus ish kiyimi (uniforma).

Ushbu vakansiya bo‘yicha tanlovda itirok etishni istagan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy xorijdaish.uz portali orqali onlayn ariza topshirishlari va o‘z rezyumelarini biriktirishlari lozim. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan ish beruvchi vakillari tomonidan bevosita suhbat o‘tkaziladi.