So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi avgustda to‘xtatilishi mumkin

Ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi avgustda to‘xtatilishi mumkin

O‘zbekistonda 2026-yilning avgust oyidan e’tiboran ayrim kambag‘al oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Prezidentning 2025-yil 26-dekabrdagi farmoniga muvofiq, «Kambag‘al oila» toifasiga kiritilgan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar tayinlangan vaqtdan e’tiboran 6 oy davomida mehnatga layoqatli a’zolarning rasmiy bandligini ta’minlash sharti bilan beriladi. 2026-yilning fevral oyida tayinlangan to‘lovlarning 6 oylik muddati aynan avgust oyida yakunlanadi.

Qaysi hollarda nafaqa to‘xtatiladi?

Agar oiladagi mehnatga layoqatli shaxs oxirgi 6 oy davomida rasmiy ishlamagan bo‘lsa yoki Bandlik xizmatlari tomonidan taklif qilingan mos ishni 2 marta yoki undan ko‘p rad etgan bo‘lsa, to‘lovlar to‘xtatiladi.

Nafaqa uzluksiz to‘lanishi uchun nima qilish kerak?

To‘lovlar davom etishi uchun mehnatga layoqatli a’zolar quyidagilardan biri orqali rasmiy bandligini tasdiqlashi shart:

  • Mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga joylashish;

  • Yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarni to‘lash;

  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, ijtimoiy soliqni to‘liq to‘lash.

To‘lovlar miqdori qanday belgilanadi?

Oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,25 baravarigacha bo‘lsa — nafaqa va moddiy yordamning 75 foizi, 1,25 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lganda esa 50 foizi to‘lanadi.