So‘nggi:
Rossiya TIV Toshkentda bloger Aziz Xakimovga o‘qilgan hukmga munosabat bildirdiJamiyatToshkentning ikki tumanida 22-avgust kuni gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatO‘zbekistonda biznes uchun 30 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadiJamiyatToshkent tumanida YPX xodimi haydovchini so‘kib, unga tashlandiJamiyatPavel Durov xalqaro informatika olimpiadasida medal olgan uzbekistonliklarni tabrikladiJamiyatQirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqdan olmadek keladigan o‘sma olib tashlandiJamiyatToshkentning ikkita tumanida 4 kun davomida gaz ta’minoti o‘chiriladiJamiyatMoskva sudi nafaqaxo‘r ayolga xonadondan krokodil, ilon va tulkini olib chiqib ketish majburiyatini yukladiDunyoDunyoda chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqdaDunyoO‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyot

Toshkentning ikkita tumanida 4 kun davomida gaz ta’minoti o‘chiriladi

Toshkentning ikkita tumanida 4 kun davomida gaz ta’minoti o‘chiriladi

Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi 30 dan ortiq mahallasida gaz quvurlari va GRP almashtirilishi munosabati bilan 12-avgustdan 15-avgustgacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari munosabati bilan gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Kommunal xizmatlar Yangihayot tumanidagi «Tashabbus» mahallasida joylashgan Sergeli-5A massividagi ma’nan eskirgan gaz taqsimlash punktini (GRP) almashtirish va yerosti gaz quvurining bir qismini yangilashni rejalashtirgan.

Shu munosabat bilan 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 gacha quyidagi hududlarda gaz uzatish to‘xtatiladi:

  • Yangihayot tumani: «Yo‘ldosh», «Mash’al», «Olchazor», «Xushnud», «Navqiron», «Yorqin hayot», «Charog‘on», «Chorboq», «Viqor», «Al-Farg‘oniy», «Do‘stlik», «Iqbol», «Toshkent», «Fayzli» va «Chortoq» mahallalaridagi hovli va ko‘p qavatli uylar hamda ulgurji iste’molchilar;

  • Sergeli tumani: «Mehriyo», «O‘zgarish», «Habibiy», «Madadkor», «Ziynat», «Ezgulik», «Yangi Sergeli», «Sohibqiron», «Sofdil», «So‘g‘diyona», «Ittifoq», «Nilufar», «Saxovat», «Qipchoq», «Qut-baraka» va «Daryo bo‘yi» mahallalaridagi aholi xonadonlari hamda ulgurji iste’molchilar.

Gaz ta’minoti barcha texnik va ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangach qayta tiklanadi.