Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi 30 dan ortiq mahallasida gaz quvurlari va GRP almashtirilishi munosabati bilan 12-avgustdan 15-avgustgacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari munosabati bilan gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Kommunal xizmatlar Yangihayot tumanidagi «Tashabbus» mahallasida joylashgan Sergeli-5A massividagi ma’nan eskirgan gaz taqsimlash punktini (GRP) almashtirish va yerosti gaz quvurining bir qismini yangilashni rejalashtirgan.
Shu munosabat bilan 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 gacha quyidagi hududlarda gaz uzatish to‘xtatiladi:
-
Yangihayot tumani: «Yo‘ldosh», «Mash’al», «Olchazor», «Xushnud», «Navqiron», «Yorqin hayot», «Charog‘on», «Chorboq», «Viqor», «Al-Farg‘oniy», «Do‘stlik», «Iqbol», «Toshkent», «Fayzli» va «Chortoq» mahallalaridagi hovli va ko‘p qavatli uylar hamda ulgurji iste’molchilar;
-
Sergeli tumani: «Mehriyo», «O‘zgarish», «Habibiy», «Madadkor», «Ziynat», «Ezgulik», «Yangi Sergeli», «Sohibqiron», «Sofdil», «So‘g‘diyona», «Ittifoq», «Nilufar», «Saxovat», «Qipchoq», «Qut-baraka» va «Daryo bo‘yi» mahallalaridagi aholi xonadonlari hamda ulgurji iste’molchilar.
Gaz ta’minoti barcha texnik va ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangach qayta tiklanadi.