So‘nggi:
Rossiya TIV Toshkentda bloger Aziz Xakimovga o‘qilgan hukmga munosabat bildirdiJamiyatToshkentning ikki tumanida 22-avgust kuni gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatO‘zbekistonda biznes uchun 30 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadiJamiyatToshkent tumanida YPX xodimi haydovchini so‘kib, unga tashlandiJamiyatPavel Durov xalqaro informatika olimpiadasida medal olgan uzbekistonliklarni tabrikladiJamiyatQirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqdan olmadek keladigan o‘sma olib tashlandiJamiyatToshkentning ikkita tumanida 4 kun davomida gaz ta’minoti o‘chiriladiJamiyatMoskva sudi nafaqaxo‘r ayolga xonadondan krokodil, ilon va tulkini olib chiqib ketish majburiyatini yukladiDunyoDunyoda chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqdaDunyoO‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyot

Qirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqdan olmadek keladigan o‘sma olib tashlandi

Qirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqdan olmadek keladigan o‘sma olib tashlandi

Qirg‘izistonda shifokorlar oyoq qismida tug‘ma o‘sma bilan dunyoga kelgan 8 kunlik chaqaloqda murakkab operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Amaliyot neonatal va bolalar jarrohlari tomonidan amalga oshirildi.

Qirg‘izistondagi Milliy analik va bolalikni muhofaza qilish markazida o‘ta murakkab va nozik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shifokorlar oyoq qismida olmadek keladigan tug‘ma o‘sma bilan dunyoga kelgan atigi 8 kunlik chaqaloqni muvaffaqiyatli operatsiya qildi. Bu haqda Akipress xabar bermoqda.

Tibbiy amaliyot haqida markazning Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘limi mudiri Sulton Stambekov ma’lum qildi. Shifokorning ta’kidlashicha, ayrim o‘smalar tug‘ma xarakterga ega bo‘lib, ularni homiladorlik davridayoq yoki chaqaloq hayotining ilk kunlaridayoq aniqlash mumkin. Bunday holatlar, ayniqsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘ta tezkor, aniq va professional tibbiy aralashuvni talab etadi.

Inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan ushbu operatsiya bolalar va neonatal jarrohlar hamkorligida amalga oshirildi. Mutassislar chaqaloqning juda kichik yoshi hamda jarrohlik va anesteziya bilan bog‘liq asoratlar xavfi yuqori ekanligini inobatga olgan holda amaliyotni alohida ehtiyotkorlik bilan olib bordi.

Sulton Stambekov zamonaviy bolalar onkologiyasi faqat kimyoterapiya bilan cheklanib qolmasdan, balki yuqori texnologik jarrohlik, intensiv terapiya, anesteziologiya, neonatologiya va aniq diagnostikani ham o‘z ichiga olishini ta’kidlab o‘tdi. «Atigi 8 kunlik — va bu allaqachon hayot uchun katta kurash», — deya ta’sirlanib yozadi shifokor.