So‘nggi:
Bektimir tumanida yetti soat davomida elektr ta’minoti uziladiJamiyatJanubiy Koreyaga ishga yuborishdagi korrupsiya: sobiq DXX xodimlariga 16 yilgacha qamoq jazosi berildiDunyoPedagog farzandlari uchun kontrakt chegirmasi: 30 foizlik imtiyoz qanday olinadiJamiyatRossiyada yuz bergan ommaviy yo‘l-transport hodisasi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, o‘zbek haydovchisi 9 yilga qamaldiJamiyatToshkentda yo‘l-transport inspektorini urib o‘ldirgan o‘smir 2 yil 4 oyga qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatToshkent sirkini to‘liq «qayta ishga tushirish»mo‘ljallanmoqda: biznes, 2500 o‘rinli maydon va katta rekonstruksiyaJamiyatElektr avtomobillari O‘zbekiston avtomobil bozorini zabt etmoqda: savdo 40% ga o‘sdi, import esa 2,6 barobar ko‘paydiJamiyatToshkentning yangi aeroport qurilish zonasida yetti qabriston ko‘chiriladiJamiyatVafot etdi Yodg‘ora Ziyamuhamedova — afsonaviy «Oymomo» «Oqshom ertaklari»dan, ustida avlodlar tarbiyalangan bolalar ulg‘ayganJamiyatToshkentning bir qismi kechasi elektrsiz qoladi: elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida 14 mahallada uziladiJamiyat

1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 7 foizga oshadi

1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 7 foizga oshadi

Prezident farmoniga binoan eng kam pensiyalar va nafaqalari miqdori ko‘paytiriladi. Sentyabrdan esa budjet xodimlari oyligi va stipendiyalar ham 7 foizga oshyapti.

Hujjatga ko‘ra, dastlabki bosqichda — 1-iyuldan boshlab pеnsiya miqdori hamda ijtimoiy nafaqalar qiymati qayta hisoblanadi. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 000 so‘m etib o‘rnatildi.

Yangi tartibga ko‘ra, iyul oyidan boshlab yoshga doir eng kam pensiya 983 000 so‘mga, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori esa 1 083 000 so‘mga yetadi. Ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagilar nafaqasi, boquvchisini yo‘qotganlik hamda o‘zgalar parvarishiga muhtojlar nafaqasi 878 000 so‘m qilib belgilandi. Urush qatnashchilari va nogironlari esa 4 775 000 so‘m oladigan bo‘ldi. Bolalar nafaqasi 3 yoshgacha bo‘lgan birinchi farzand uchun 386 000 so‘mni, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa 295 000 so‘mni tashkil etadi.

Keyingi bosqichda — 1-sentyabrdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalarning stipendiyalari ham 7 foizga yuqorilaydi. Natijada mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) 1 360 000 so‘mga, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) esa 440 000 so‘mga teng bo‘ladi.