So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Aholi «Tashabbusli byudjet» loyihalariga pulni bank ilovalari orqali o‘tkazishi mumkin bo‘ladi

Aholi «Tashabbusli byudjet» loyihalariga pulni bank ilovalari orqali o‘tkazishi mumkin bo‘ladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan sheriklik loyihalarini bank va to‘lov ilovalari orqali moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi. Aholi loyiha qiymatining 50 foizini yig‘sa, qolgan 50 foizi davlat tomonidan ajratiladi.

O‘zbekistonda «Tashabbusli byudjet» jarayonlari doirasida sheriklik loyihalarini moliyalashtirish hamda amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi. Bu haqda davlat rahbarining 30-iyunda kuchga kirgan tegishli qarorida belgilandi.

Hujjatga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab sheriklik loyihalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP), to‘lov tashkilotlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi. Ushbu ilovalarda «Ochiq byudjet» portali bilan integratsiya ta’minlanib, loyihalar ro‘yxati va onlayn statistika ko‘rinib turadi.

Yangi tartibga ko‘ra, agar sheriklik loyihasi qiymatining 50 foizi aholi tomonidan mobil ilovalar orqali ixtiyoriy ravishda yig‘ilsa, qolgan 50 foizi avtomatik tarzda davlat fondi hisobidan ajratiladi. Mablag‘ yetarlicha yig‘ilmagan taqdirda, fuqarolar kiritgan pullar 10 ish kuni davomida ularning so‘roviga ko‘ra qaytarib beriladi. QQS va boshqa hujjatlashtirish xarajatlari aholi mablag‘lari hisobidan emas, to‘liqligicha Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi orqali qoplanadi.

Bundan tashqari, qiymati BHMning 2 ming baravarigacha (880 mln so‘mgacha) bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sheriklik loyihalarini tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari amalga oshirishi belgilandi.

Shuningdek, 2026-yil 1-avgustdan e’tiboran deputatlarning «Ochiq byudjet» portalida g‘olib bo‘lmagan loyihalardan bir yoki bir nechtasini ajratilgan limit doirasida qo‘shimcha g‘olib sifatida tanlash imkoniyati yanada kengaytiriladi.