15-sentabr markaziy bank xorijiy valyutalarning rasmiy kursini hisoblash tartibini o‘zgartiradi. Endi birjadan tashqari bitimlar ham inobatga olinadi, dam olish kunlari esa juma kungi kurs amal qiladi.
Regulyatorning rasmiy kurslari endilikda nafaqat valyuta birjasida tuzilgan bitimlar, balki banklararo birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalarni ham inobatga olgan holda belgilanadi. Kurs birja va birjadan tashqari bozordagi bitimlarning o‘rtacha tortilgan ko‘rsatkichi asosida shakllantiriladi.
Markaziy bank ushbu o‘zgarishlar rasmiy kursni hisoblashda ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarni kengroq qamrab olish imkonini berishini ta’kidladi.
Yana bir yangilikka ko‘ra, dam olish kunlarida dam olishdan oldingi oxirgi ish kunida belgilangan rasmiy kurs amal qiladi.