So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

O‘zbekiston armiyasida sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘linmalari tashkil etiladi

O‘zbekiston armiyasida sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘linmalari tashkil etiladi

 O‘zbekiston armiyasida sun’iy intellekt va dronlar bo‘yicha yangi bo‘linmalar ochiladi. Mudofaa vazirligi chaqiruv tizimini to‘liq elektron shaklga o‘tkazdi.

 Zamonaviy qurolli to‘qnashuvlar tajribasidan kelib chiqib, asosiy e’tibor uchuvchisiz uchish apparatlari, robototexnika va sun’iy intellekt texnologiyalariga qaratilmoqda. Mudofaa vazirligi tarkibida Raqamli texnologiyalar bosh boshqarmasi hamda Sun’iy intellekt texnologiyalari departamenti tashkil etilishi belgilandi. Shuningdek, harbiy tizimda kiberlaboratoriya va sun’iy yo‘ldosh aloqa markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Harbiy ta’lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Barcha harbiy bilim yurtlariga institut maqomi berildi va Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etildi. Endilikda qo‘mondonlik tarkibida raqamlashtirish va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosarlik lavozimlari joriy etiladi.

Mutaxassislar tayyorlashda nafaqat harbiy ko‘nikmalar, balki chet tillari va axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishga urg‘u berilmoqda. Dron operatorlari va muhandis-robototexniklarni tayyorlashning uch bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yilishi armiyaning texnologik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Raqamlashtirish jarayoni ma’muriy boshqaruvda ham o‘z aksini topdi. Xususan, 19 ta vazirlik bilan integratsiya qilingan «Chaqiriq» elektron tizimi orqali chaqiruv jarayoni to‘liq raqamli formatga o‘tkazildi. Harbiy tibbiyot sohasida esa D-MED platformasiga ulangan yagona tibbiy axborot tizimi va telemeditsina joriy etildi.

Davlat rahbari taqdim etilgan loyihalarni ma’qullab, sun’iy intellektning milliy modellarini yaratish va qo‘shinlarni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.