So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari G‘alabaning 81 yilligi tantanalarida ishtirok etadi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat rahbarlari bilan birgalikda insoniyat tarixidagi eng dahshatli urush qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirishi hamda Qizil maydondagi rasmiy tadbirlarda ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur tashrif ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar uchun kutilmagan hol bo‘ldi, chunki avvalroq diplomatik doiralarda va OAVda Markaziy Osiyo yetakchilari bu yilgi tantanalarga bormasliklari haqida taxminlar tarqalgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarning kechikib e’lon qilingani safarning bekor qilinishi borasidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirgan edi. Shunga qaramay, Shavkat Mirziyoyevning Moskvadagi ishtiroki O‘zbekistonning urush yillaridagi umumiy qahramonlikka nisbatan hurmatini va xalqaro siyosatdagi muvozanatli yondashuvini ko‘rsatmoqda.