O‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasi xususiylashtirilmoqda. Investorlarga Namangan, Farg‘ona, Samarqand va boshqa viloyatlardagi ob’yektlardan 51% dan kam bo‘lmagan nazorat paketi taklif etilmoqda.
Bozorlarni xususiylashtirish va boshqaruvni investorlarga topshirish
O‘zbekistonda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish dasturi doirasida 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushlari ochiq savdolarga chiqarildi. Barcha ob’yektlar bo‘yicha investorlarga 51 foiz va undan yuqori miqdordagi nazorat aksiyalar paketi taklif qilinmoqda, bu esa yangi mulkdorlarga korxonalarni to‘liq boshqarish imkoniyatini beradi.
Xususiylashtirilayotgan ob’yektlar ro‘yxati va hududlar
Eng ko‘p ob’yekt Namangan viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda — 7 ta savdo majmuasi va bozor:
-
«Yashil dehqon bozori» — 68%;
-
«Yangiqo‘rg‘on dehqon bozori» — 51,42%;
-
«Chust dehqon bozori» — 51%;
-
«To‘raqo‘rg‘on markaziy dehqon bozori» — 51%;
-
«Namangan avto magistral», «Ixtisoslashtirilgan qurilish mollari» va «Do‘stlik» majmualari — 51 foizdan.
Farg‘ona viloyatida 5 ta ob’yektdagi ulushlar sotuvga qo‘yilgan: «Yaqqatut dehqon bozori» (52,1%), «Ropqon dehqon bozori» (51%), «Farg‘ona Yusufjon fayzi» (51%), «Beshariq Umarovlar fayzi» (51%) va «Beshariq Turon» (51%).
Samarqand viloyatida «Toyloq dehqon bozori», «Samarqand innovatsion avtobozori» va «Gulobod» yopiq majmuasining 51 foizdan aksiyalari realizatsiya qilinadi.
Shuningdek, ro‘yxatga Surxondaryo viloyatidagi «Jorqo‘rg‘on dehqon bozori» (54,6%) va «Lolazor Denov Baraka»(51%) hamda Toshkent viloyatidagi «Qibray dehqon bozori» (51%) kiritilgan.



