So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun subsidiyalar joriy etiladi

O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun subsidiyalar joriy etiladi

O‘zbekistonda mahalliy aviareyslar chiptalariga davlat subsidiyasi beriladi. Transport vazirligi yonilg‘i va samolyotlar qimmatlashgani fonida narxlarni tushirish yo‘lini topdi.

Vazirlik mutasaddisi Jasurbek Choriyevning ma’lum qilishicha prezident topshirig‘iga asosan tayyorlangan tegishli qaror loyihasi ayni damda yakuniy kelishuv bosqichida turibdi. Mazkur hujjat kuchga kirgach davlat yo‘lovchilarga aviachiptalar narxining bir qismini subsidiyalash orqali ko‘maklashadi va bu ichki turizm hamda aholi harakatchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Sohadagi vaziyat murakkabligi bir qator tashqi omillar bilan izohlanmoqda. Yaqin Sharqdagi mojarolar sababli neft mahsulotlari yetkazib berish qiyinlashib yonilg‘i narxi ikki barobar oshgan.

Shuningdek parvoz vaqtlarining uzayishi va dunyoda samolyotlar tanqisligi aviashirkatlar xarajatlarini keskin oshirib yubordi. Masalan Boeing uchoqlari narxi 150 foizgacha qimmatlashgan. Vazir o‘rinbosari kichik samolyotlar olib kelish har doim ham arzon chipta degani emasligini tushuntirib asosiy e’tibor har bir o‘rindiq tannarxini tushirishga qaratilishini bildirdi.

Subsidiya miqdori va arzonlashtirilgan chiptalar sotuvi boshlanish muddati qaror rasman tasdiqlanganidan so‘ng e’lon qilinadi.