So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekistonda uy-joyning eski qarzdorligi yangi mulkdorlar zimmasiga yuklanishi taqiqlanadi

O‘zbekistonda uy-joyning eski qarzdorligi yangi mulkdorlar zimmasiga yuklanishi taqiqlanadi

Raqobat qo‘mitasi uy-joy sotib oluvchilarni himoya qilish uchun yangi tartib taklif qildi. Endi eski egadan qolgan kommunal qarzlar yangi mulkdordan talab qilinmaydi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘chmas mulk sotib oluvchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yangi taklifni Adliya vazirligiga kiritdi.

Unga ko‘ra, oldi-sotdi shartnomalaridan yangi egalarni eski mulkdorlarning kommunal xizmatlardan bo‘lgan qarzlarini to‘lashga majburlovchi bandlarni chiqarib tashlash rejalashtirilmoqda.

Bu chora kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan yangi egalarga begona qarzlar uchun asossiz talablar qo‘yilishiga chek qo‘yadi.

Mazkur tashabbusga tizimdagi xatoliklar tufayli fuqarolarning huquqlari buzilayotgan holatlar sabab bo‘ldi. Masalan, Samarqandda yangi xonadon egasiga uyni sotgan shaxsdan qolgan 13 million so‘mlik elektr energiyasi qarzdorligi asossiz ravishda yozib yuborilgan.

Yangi tartibga asosan, har bir iste’molchi faqat o‘zi foydalangan resurs uchun javobgar bo‘ladi va eski qarzdorlik yangi mulkdorning shaxsiy hisob raqamini rasmiylashtirishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Hozirda ushbu taklifni normativ-huquqiy hujjatlarga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.