So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

O‘zbekistonda yarim yilda dekret pullariga 772 mlrd so‘m ajratildi

O‘zbekistonda yarim yilda dekret pullariga 772 mlrd so‘m ajratildi

2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 66 mingdan ortiq ayolga 772 milliard so‘m homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lab berildi. Xususiy sektorda ushbu ko‘rsatkich qariyb ikki baravarga oshdi.

2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida Davlat ijtimoiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan 66 mingdan ortiq ayolga homiladorlik va tug‘ish nafaqalari ajratildi. Bu haqda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi rahbari Nodir Musliddinov O‘zbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda jamg‘arma hamkorligida tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Ushbu maqsadlar uchun davlat budjeti va jamg‘arma hisobidan jami 772 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Nafaqalarning asosiy qismi, ya’ni 83 foizi davlat sektorida ishlovchi 55 ming nafar ayolga to‘lab berilgan bo‘lsa, qolgan 17 foiz ulush xususiy sektor vakillariga to‘g‘ri keldi.

Xususiy sektorda faoliyat yurituvchi 11 ming nafar ayolga jami 163 milliard so‘mlik dekret pullari ajratildi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, xususiy sektorda ushbu nafaqani olganlar soni 6 ming nafardan 11 ming nafarga yetib, qariyb ikki baravar o‘sishni ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-yanvardan xususiy sektorda ishlovchi ayollar uchun dekret pullarini hisoblashning yangi tartibi kuchga kirgan edi. Unga ko‘ra, xususiy korxonalar xodimlari ham davlat xodimlari kabi oxirgi bir yildagi o‘rtacha oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida nafaqa olish imkoniyatiga ega bo‘ldi va barcha to‘lovlar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan qoplanmoqda. 1-iyuldan e’tiboran esa vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik (kasallik) nafaqalari ham xususiy va davlat sektori uchun ushbu jamg‘arma orqali bir xil tartibda to‘lanishi yo‘lga qo‘yildi.