So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

“O‘zenergoinspeksiya”ga yangi rahbar tayinlandi

“O‘zenergoinspeksiya”ga yangi rahbar tayinlandi

President qarori bilan Ahadxon Isoqjonov “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bu lavozimda Dadajon Isaqulovning o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston Prezidentining 27-iyuldagi tegishli qarori bilan Ahadxon Isoqjonov Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ahadxon Isoqjonov ushbu tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U ushbu lavozimda 2025-yil 28-noyabrdan buyon ishlab kelgan Dadajon Isaqulovning o‘rnini egalladi. Isaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan inspeksiya boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, 27-iyul kuni energetika sohasida boshqa kadrlar o‘zgarishlari ham ro‘y berdi. Xususan, Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vaziri lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligini boshqarib kelgan Sherzod Xo‘jayev vazir etib tayinlandi.