So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Ohangaronda IIB xodimi haqida yolg‘on xabar tarqatgan yigit 7 sutkaga qamaldi

Ohangaronda IIB xodimi haqida yolg‘on xabar tarqatgan yigit 7 sutkaga qamaldi

Ohangaronda soxta video orqali IIB xodimiga tuhmat qilgan yigit 7 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Sud yigitni bezorilikda aybdor deb topdi.

Toshkent viloyatida ichki ishlar xodimiga nisbatan asossiz ayblovlar bilan chiqish qilgan 18 yoshli yigit va uning sheriklariga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi. Sud qaroriga ko‘ra, videolavha muallifi tuhmat va mayda bezorilik sodir etganlikda aybdor deb topilib, 7 sutkalik qamoq jazosiga tortildi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va xodimning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani aytilgan video mutlaqo soxta ekani tasdiqlandi. IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, videodagi qizning o‘zi ham bunday holat yuz bermaganini ma’lum qilgan.

Ushbu ish doirasida yana ikki nafar fuqaro jamoat tartibini buzgani va xizmat avtomobiliga zarar yetkazgani uchun javobgarlikka tortildi. Ayblanuvchi yigit xizmat vazifasini bajarayotgan xodimning obro‘siga qasddan putur yetkazganini tan olib, uzr so‘radi. Hozirda uning harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni davom etmoqda. Mutasaddilar fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tekshirilmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatishdan tiyilishga, aks holda bu qat’iy qonuniy choralarga sabab bo‘lishini eslatib o‘tdi.