So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan boshlanadi

Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan boshlanadi

Prezident maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun onlayn hujjat topshirish 25-maydan 14-iyungacha davom etadi. Maktablarga 5-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xabariga ko‘ra, qabul jarayonlari joriy yilning 25-mayidan 14-iyuniga qadar faqat onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Ota-onalar va arizachilar hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda ariza.piima.uz rasmiy sayti orqali elektron tarzda topshirishlari mumkin. Belgilangan tartibga ko‘ra, Prezident maktablariga joriy yilda 4-sinfni muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilar 5-sinfda o‘qishni davom ettirish uchun qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari va kerakli hujjatlar ro‘yxati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar qabul boshlangunga qadar rasmiy kanallarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Mazkur ta’lim muassasalariga qabul shaffoflik va iqtidorli yoshlarni saralab olish tamoyillari asosida o‘tkaziladi.