So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Reklama va raqobat qoidabuzarligi haqida xabar berganlarga mukofot beriladi

Reklama va raqobat qoidabuzarligi haqida xabar berganlarga mukofot beriladi

Raqobat va reklama qoidabuzarliklari haqida xabar bergan shaxslarga BHMning 100 baravarigacha pul mukofoti to‘lash tartibi loyihasi muhokama qilinmoqda.

Mazkur tartibni belgilovchi maxsus nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Unga ko‘ra, pul mukofotlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi qoshidagi jamg‘armaga qonunbuzarlardan undirilgan jarima summasining ma’lum bir qismi hisobidan qoplanadi.

Taklif etilayotgan tartibga binoan, raqobatga zid yashirin kelishuvlar hamda kartellar haqida xabar bergan shaxslarga undirilgan mablag‘ning 3 foizi miqdorida (ammo bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari ya’ni 41,2 million so‘mdan oshmagan hajmda) mukofot beriladi.

Reklama qoidalarining buzilishi bo‘yicha esa jarima summasining 10 foizi miqdorida (ammo BHMning 10 baravari ya’ni 4 million 120 ming so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda) rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.

Mas’ullarning qayd etishicha, og‘zaki til biriktirishlarni aniqlash murakkab bo‘lgani bois, ushbu amaliyot jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga va reklamalarda milliy qadriyatlarga zid obrazlar ishlatilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 2026-yilning 1-avgustidan boshlab yadro va sanoat xavfsizligi qoidabuzarliklari hamda narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi haqida xabar bergan fuqarolarni ham pul mukofoti bilan taqdirlash tizimi ishga tushadi.