Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada yangi akademiya tarbiyalanuvchilari bilan futbol o‘ynadi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada yangi akademiya tarbiyalanuvchilari bilan futbol o‘ynadi

Prezident Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Neftchi akademiyasi infratuzilmasi bilan tanishish bilan cheklanib qolmasdan, maydonga ham tushdi. Davlat rahbari yosh futbolchilar bilan norasmiy muhitda muloqot qilib, mashg‘ulot jarayonida ishtirok etdi.

Akademiyaga tashrif viloyat sport infratuzilmasini rivojlantirish dasturining bir qismidir. Prezidentga qiymati 1,1 million dollarlik zamonaviy yopiq manej va futbolchilarni sog‘lomlashtirish bo‘limi namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada yangi akademiya tarbiyalanuvchilari bilan futbol o‘ynadi

O‘yindan so‘ng Shavkat Mirziyoyev bo‘lajak chempionlar bilan ularning rejalari haqida suhbatlashdi va UEFA instruktorlarini jalb qilgan holda bunday markazlarni tashkil etish o‘zbek futboli g‘alabalari uchun poydevor bo‘lishini ta’kidladi.