So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash markazi tashkil etiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot xizmatlari sifatini nazorat qiluvchi yangi markaz tuzilmoqda. Akkreditatsiyadan o‘tmagan klinikalar 2028-yildan byudjet mablag‘larini olish huquqidan ayriladi.

Mazkur muassasa tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomalar berish hamda klinikalarning belgilangan talablarga qay darajada amal qilayotganini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Yangi markazning moddiy-texnik bazasini shakllantirish va xalqaro ekspertlarni jalb etish uchun davlat byudjetidan 20 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Tizimda kamida 75 ta milliy akkreditatsiya standarti joriy etiladi va tibbiy xizmatlar sifati ustidan elektron monitoring yo‘lga qo‘yiladi. 2027-yilga kelib barcha davlat va xususiy shifoxonalar Raqamli sog‘liqni saqlash tizimiga to‘liq ulanishi shart etib belgilandi. Bu esa vazirlikka litsenziya talablari bajarilishini masofadan turib kuzatish imkonini beradi.

2028-yil aprel oyidan boshlab akkreditatsiyadan o‘tmagan tibbiyot muassasalari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuza olmaydi va o‘z-o‘zidan byudjet mablag‘laridan mahrum bo‘ladi.