So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Soliq ilovasida cheklar orqali avtomobil yutish o‘yinining shartlari ma’lum qilindi

Soliq ilovasida cheklar orqali avtomobil yutish o‘yinining shartlari ma’lum qilindi

1-iyuldan boshlab Soliq ilovasida cheklar orqali avtomobil o‘ynaladi. Bojxona qo‘mitasi g‘oliblar har oyning 5-kunigacha aniqlanishini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joriy yilning 1-iyulidan boshlab oddiy xaridlar uchun berilgan fiskal cheklar orqali avtomobil yutib olish tizimi joriy etiladi. Davlat soliq xizmatining «Soliq» mobil ilovasida «Yutuqli o‘yinlar» deb nomlangan maxsus raqamli platforma ishga tushirilib, u inson omilisiz, mutlaqo avtomatlashtirilgan tarzda g‘oliblarni aniqlaydi.

Davlat bojxona qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, omadli ishtirokchilar har oy yakunlangach, keyingi oyning 5-sanasiga qadar elektron tizim tomonidan tanlab olinadi.

Aksiya doirasida bosh sovrin bo‘lgan yengil avtomobillardan tashqari boshqa turdagi qimmatbaho sovg‘alar ham o‘ynaladi. Idoraning tushuntirishicha, mazkur yangi mexanizm hududlarda fiskal intizomni mustahkamlash, savdodagi hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash hamda tadbirkorlar o‘rtasida onlayn nazorat-kassa texnikasidan foydalanish madaniyatini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.