So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Toshkent metrosida yo‘lkira haqi bosib o‘tilgan masofaga qarab belgilanadi

Toshkent metrosida yo‘lkira haqi bosib o‘tilgan masofaga qarab belgilanadi

Toshkent metrosida 2027-yil 1-janvardan masofaga qarab to‘lov tizimi va abonentlar joriy etiladi. Prezident qarori qabul qilindi.

Toshkent metropolitenida yo‘lkira haqini to‘lashning mutlaqo yangi tizimi joriy etiladi. Davlat rahbarining 2026-yil 15-maydagi «Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (PQ-191-sonli) qaroriga muvofiq, endilikda yo‘lovchilar belgilangan qat’iy tarif o‘rniga, metrodagi bekatlar soni yoki bosib o‘tilgan masofaga qarab haq to‘laydi. Yangi tartib doirasida yo‘lovchilar uchun kunlik, haftalik hamda oylik abonentlar tizimi yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, aholining muayyan qatlamlari uchun alohida imtiyozlar saqlanib qolinadi.

Hujjatga ko‘ra, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, «Toshkent metropoliteni» AJ hamda shahar hokimligiga xalqaro tajriba asosida yangi to‘lov mexanizmini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Mas’ul idoralar olti oy muddat ichida o‘z takliflarini jamiyat kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim. Yangilangan tarif va to‘lov tizimini 2027-yilning 1-yanvaridan boshlab amaliyotga to‘liq tatbiq etish rejalashtirilgan.