So‘nggi:
Rossiya TIV Toshkentda bloger Aziz Xakimovga o‘qilgan hukmga munosabat bildirdiJamiyatToshkentning ikki tumanida 22-avgust kuni gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatO‘zbekistonda biznes uchun 30 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadiJamiyatToshkent tumanida YPX xodimi haydovchini so‘kib, unga tashlandiJamiyatPavel Durov xalqaro informatika olimpiadasida medal olgan uzbekistonliklarni tabrikladiJamiyatQirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqdan olmadek keladigan o‘sma olib tashlandiJamiyatToshkentning ikkita tumanida 4 kun davomida gaz ta’minoti o‘chiriladiJamiyatMoskva sudi nafaqaxo‘r ayolga xonadondan krokodil, ilon va tulkini olib chiqib ketish majburiyatini yukladiDunyoDunyoda chuchuk suv zaxiralari kamayib bormoqdaDunyoO‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyot

Toshkent tumanida YPX xodimi haydovchini so‘kib, unga tashlandi

Toshkent tumanida YPX xodimi haydovchini so‘kib, unga tashlandi

Toshkent viloyati IIBB Toshkent tumanida YPX xodimi va Damas haydovchisi o‘rtasida yuz bergan janjal yuzasidan munosabat bildirdi. Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi hamda Yol-patrul xizmati (YPX) xodimi o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan videolavha tarqaldi. Videoda YPX xodimi haydovchini beodob so‘zlar bilan haqoratlagani, xizmat vazifasini bajarish qoidalarini buzib, ko‘cha bezorilaridek tajovuzkorona harakat qilgani ko‘rinadi. Hamkasblari uni kuch bilan ushlab qolishga majbur bo‘lishgan, shuningdek, u haydovchiga nisbatan imkon qadar qat’iy tekshiruv va chora ko‘rilishini aytib do‘q-po‘pisa qilgan.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea joriy yilning 2-avgust kuni soat 21:30 atrofida Toshkent tumani hududida sodir bo‘lgan. Haydovchiga nisbatan avtomobil kuzovi hamda oynalarida yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yozuvlar borligi vaj qilinib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Biroq ushbu yozuvlar xavfsizlikka aynan qanday ta’sir ko‘rsatganiga aniqlik kiritilmagan.

Huquq-tartibot idorasi fuqaro bilan muloqot qilish jarayonida ayrim xodimlar tomonidan qo‘pollikka yo‘l qo‘yilganini rasman tan oldi. Hozirda ushbu xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, holat IIBB rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olingan. IIBB ta’kidlashicha, ichki ishlar organlari xodimlari har qanday vaziyatda fuqarolar bilan muloqotda qonuniylik va kasb odob-ahloqi qoidalariga qat’iy rioya etishlari shart.