Toshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladi

Toshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladi

Saudiya Arabistonining Vision International Investment kompaniyasi O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari kesishmasida 1310 gektar maydonni egallaydigan aeroport quradi. Transport vazirligi xabariga ko‘ra, tomonlar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport majmuasini barpo etishadi.

Ushbu ulkan loyihani hayotga tatbiq etish uchun O‘rta Chirchiq hamda Quyi Chirchiq tumanlaridan jami 1 310 gektaryer maydoni ajratiladi. Mazkur tashabbusning dastlabki bosqichiga xorijiy hamkorlar томонидан қарийб 3 mlrd dollarmiqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritilishi belgilangan.

Yangi havo darvozasini loyihalashtirish va qurish ishlari 2026–2030-yillar oralig‘ida yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur majmuaning ishga tushirilishi poytaxtdagi amaldagi aeroport zimmasidagi og‘irlikni yengillatadi hamda mamlakatimizning xalqaro logistika va turizm yo‘nalishidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.