Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik sababli Toshkentning barcha tumanlarida ichimlik va issiq suv vaqtincha o‘chirilmoqda. Hududlar va sanalar ro‘yxati e’lon qilindi.
Kommunal tarmoqlar ta’miri va sisternalarda suv yetkazish
«Toshkent shahar suv ta’minoti» va Veolia Energy Tashkent korxonalari poytaxtda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan keng ko‘lamli ta’mirlash ishlarini boshladi. Shu munosabat bilan 14-sentyabrdan 22-oktyabrga qadar shahar bo‘ylab sovuq va issiq suv ta’minoti bosqichma-bosqich to‘xtatiladi.
Ichimlik suvi to‘liq o‘chiriladigan hududlarga maMaxsus avtotransport vositalari (suv tashuvchi mashinalar) yuborilishi ko‘zda tutilgan.
Tumanlar bo‘yicha suv o‘chirilish jadvali
Olmazor tumani
-
28-sentyabr (09:00) – 29-sentyabr (15:00): «Ahil», «Moyariq», «Nihol», «Yuqori Beshqurg‘on» mahallalari.
-
14-oktyabr (09:00) – 15-oktyabr (15:00): «Taraqqiyot», «Qorasaray», «Namuna», «Gurucharik», «Hazrati Imom», «Chimboy», «G‘ani Azimov», «Orzu», «Ziyo», «Universitet», «Ziyokor», «Mirzo Ulug‘bek», «Chig‘atoy», «Oqtepa», «Shifokorlar», «Allon», «Chig‘atoy darvoza» mahallalari; «Almazar City» majmuasi, 2-sonli tug‘ruqxona, «Akfa Medline» klinikasi va Talabalar shaharchasi.
Bektemir tumani
-
7-oktyabr (09:00) – 8-oktyabr (15:00): «Mirishkor», «Rohat», «Zilola», «Iqbol», «Chashma», «Majnuntol», «Iyk ota», «Gulbog‘», «Abay», «Husayn Boyqaro», «Bektemir», «Oltintopgan», «Nurafshon», «Musaffo», «Sohil», «Nurli yo‘l», «Ustozlar» mahallalari; «Vodnik» qozonxonasi va Qo‘yliq bozori.
Mirobod tumani
-
16-sentyabr (09:00) – 17-sentyabr (14:00): «Tong yulduzi», «Istiqlolobod», «Inoqobod», «Navro‘z», «Yangi zamon», «Furqat», «Temiryo‘lchilar», «Birodalik», «Zaminobod», «Banokatiy», «Abdurauf Fitrat», «Oltinkul», «Qorasuv», «Saraqul» mahallalari; Transport universiteti va 5-sonli tug‘ruqxona.
-
7-oktyabr (09:00) – 8-oktyabr (15:00): «Fayziobod», «Oq uy», «Bayot», «Qo‘yliq ota», «Ziyonur», «Yuksalish», «Chinor», «Bilimdon», «Tolariq», «Yangi Qo‘yliq», «Parvona», «Baratxo‘ja» mahallalari.
Mirzo Ulug‘bek tumani
-
16-sentyabr (09:00) – 17-sentyabr (14:00): «Geologlar», «Temuriylar», «Sarbon», «Gulzorobod», «Kuhna Mevasor», «Shukur Burxonov», «Alisher Navoiy», «Katta Qorasuv», «Oltintepa», «Avayxon», «Chingeldi», «Ijodkor», «Alisherobod» mahallalari; «Yangi O‘zbekiston» bog‘i.
-
23-sentyabr (09:00) – 24-sentyabr (14:00): «Bahor», «Alpomish», «Bog‘i maydon», «Bo‘z-2», «Lashkarbegi», «Navnihol», «Nodirabegim», «Oliychimmat», «Sayram», «Sho‘rtepa», «Shahriobod», «Habib Abdullayev», «Olimlar» mahallalari; Inha universiteti va Harbiy gospital.
-
7-oktyabr (09:00) – 8-oktyabr (15:00): «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, CAU hamda TEAM universitetlari atrofi va yondosh mahallalar.
Sergeli tumani
-
16-sentyabr (09:00) – 17-sentyabr (14:00): Sergeli-6 mavzesi, Mashina bozori, Aeroport, Pepsi zavodi va atrof mahallalar.
-
21-sentyabr (09:00) – 22-sentyabr (14:00): «Oltin vodiyl», «Nog‘oyqo‘rg‘on», «Qubaytepa» mahallalari.
-
7-oktyabr (09:00) – 8-oktyabr (15:00): Quruvchilar va Sergeli-2–8A mavzelari, GM zavodi, Islom Karimov nomidagi aeroport.
Uchtepa tumani
-
14-oktyabr (09:00) – 15-oktyabr (15:00): «Degrez», «Bog‘i chinor», «Begabat», «Qariyog‘di», «Xondamir», «Nishabariq», «Sharq yulduzi», «Shofayz bog‘i», «Paxtakor», «Ko‘kcha», «Oqtepa», «Jo‘rjaniy», «Abdulla Qodiriy», «Beshqayrag‘och», «Hayrati», «Davlatobod» mahallalari.
Chilonzor tumani
-
21-sentyabr (09:00) – 22-sentyabr (14:00): Chilonzor va Qatortol atrofi, Gematologiya markazi va 34-sonli poliklinika.
-
5-oktyabr (09:00) – 6-oktyabr (15:00): Toshkent shahar hokimligi, Bojxona qo‘mitasi va Narxoz (TDIU) binolari.
-
21-oktyabr (09:00) – 22-oktyabr (14:00): Charm Qamolon, Novza, Qozirobod, Do‘mbrobod, 16-sonli shahar shifoxonasi, Vohidov nomidagi Jarrohlik markazi va 22-sonli Mehribonlik uyi.
Shayxontohur tumani
-
5-oktyabr (09:00) – 6-oktyabr (15:00): «Taxtapul», «Labzak», «Qamolon», «Shayxontohur», «Janggoh», «Qoratasht», «O‘qchi», «Olmazor»; Tashkent City, «Paxtakor» stadioni va Oliy sud binolari.
-
14-oktyabr (09:00) – 15-oktyabr (15:00): «O‘zbekiston», «Beltepa», «Zafarobod», «Huvaydo», «Ipakchi», «Ko‘kcha», «Shofayz», «Bo‘ston» mahallalari.
Yunusobod tumani
-
14-sentyabr (09:00) – 15-sentyabr (09:00): Chinobod ko‘chasi, TER (SIZO), «Manzara» hamda «High Town City» turar joy majmualari.
-
23-sentyabr (09:00) – 24-sentyabr (14:00): ToshGRES, «Bobodehqon», «Hasanboy» mahallalari va Yunusobod 4, 6, 11, 12-kvartallari.
-
28-sentyabr (09:00) – 29-sentyabr (15:00): Yunusobod 4, 6, 11–14, 17–19-kvartallar, Arxitektura-qurilish universiteti.
-
5-oktyabr (09:00) – 6-oktyabr (15:00): «Usta Shirin», «Turkqurg‘on», «Iftixor», «Jomiy», «Shahriston» mahallalari.
-
12-oktyabr (09:00) – 13-oktyabr (12:00): «Jomiy», «Registon» mahallalari va Naqshbandiy ko‘chasi.
-
19-oktyabr (09:00) – 20-oktyabr (15:00): Sohibkor, Oqtepa va Chinobod tor ko‘chalari, «Manzara» TJM va «Hayat» klinikasi.
Yakkasaroy tumani
-
16-sentyabr (09:00) – 17-sentyabr (14:00): «Boshliq», «Qushbegi», «Dilbuloq», «Muhandislar», «Bobur» mahallalari va Toshkent TETs.
-
21-sentyabr (09:00) – 22-sentyabr (14:00): «Yakkasaroy», «Raqat», «Muqimiy», Janubiy vokzal va Yodju universiteti.
Yangihayot tumani
-
16-sentyabr (09:00) – 17-sentyabr (14:00): «Viqor», «Al-Farg‘oniy», «Chorbog‘», «Choshtepa» mahallalari va Metallurgiya zavodi.
-
7-oktyabr (09:00) – 8-oktyabr (15:00): «Tashabbus», «Yangihayot», «Oriyat», «Marhamat», «Yangi Darxon» mahallalari.
Yashnobod tumani
-
16-sentyabr (09:00) – 17-sentyabr (14:00): «Aviasozlar» bozori, Parkent ko‘chasidagi Bolalar tibbiyot markazi hamda aeroport.
-
7-oktyabr (09:00) – 8-oktyabr (15:00): «Jarboshi», «Olmos», «Uysozlar», «Yangiobod» va «Gumbaz» bozorlari, Olimpiya shaharchasi.
Murojaat va dispetcherlik xizmati raqamlari: 1054, (+998 71) 256-10-95, 252-60-08.


