So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Toshkentda avtobus haydovchisi yo‘lovchilarga qo‘pol munosabati uchun ishdan bo‘shatildi

Toshkentda avtobus haydovchisi yo‘lovchilarga qo‘pol munosabati uchun ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi shikoyatlardan so‘ng “Toshshahartransxizmat” rahbariyati 11-marshrut haydovchisini ishdan bo‘shatdi. Hodisa 28-aprel kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, bu holat poytaxtdagi barcha avtobus parklarida xizmat madaniyati bo‘yicha navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi.

“Toshshahartransxizmat” ma’lumotiga ko‘ra, mazkur haydovchi yaqinda ishga qabul qilingan — 2026-yil 2-fevral kuni — va hodisa sodir bo‘lgan vaqtda sinov muddatida bo‘lgan. Shikoyat tezkor ko‘rib chiqilgach, rahbariyat uning mehnat shartnomasini darhol bekor qilishga qaror qildi. Korxona fuqarolardan uzr so‘radi va bunday holatlar mutlaqo qabul qilinmasligini ta’kidladi.

Ushbu voqea jamoatchilikda keng muhokama qilinib, tizimli tekshiruvlarga sabab bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, korxonaning barcha filiallarida qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkaziladi. Unda nafaqat yo‘l harakati xavfsizligi, balki intizom va yo‘lovchilar bilan muloqot madaniyatiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Rasmiylar bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish uchun kadrlar nazoratini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.