So‘nggi:
Bektimir tumanida yetti soat davomida elektr ta’minoti uziladiJamiyatJanubiy Koreyaga ishga yuborishdagi korrupsiya: sobiq DXX xodimlariga 16 yilgacha qamoq jazosi berildiDunyoPedagog farzandlari uchun kontrakt chegirmasi: 30 foizlik imtiyoz qanday olinadiJamiyatRossiyada yuz bergan ommaviy yo‘l-transport hodisasi natijasida uch kishi halok bo‘ldi, o‘zbek haydovchisi 9 yilga qamaldiJamiyatToshkentda yo‘l-transport inspektorini urib o‘ldirgan o‘smir 2 yil 4 oyga qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatToshkent sirkini to‘liq «qayta ishga tushirish»mo‘ljallanmoqda: biznes, 2500 o‘rinli maydon va katta rekonstruksiyaJamiyatElektr avtomobillari O‘zbekiston avtomobil bozorini zabt etmoqda: savdo 40% ga o‘sdi, import esa 2,6 barobar ko‘paydiJamiyatToshkentning yangi aeroport qurilish zonasida yetti qabriston ko‘chiriladiJamiyatVafot etdi Yodg‘ora Ziyamuhamedova — afsonaviy «Oymomo» «Oqshom ertaklari»dan, ustida avlodlar tarbiyalangan bolalar ulg‘ayganJamiyatToshkentning bir qismi kechasi elektrsiz qoladi: elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida 14 mahallada uziladiJamiyat

Toshkentda kadastr bosh inspektori pora bilan ushlandi

Toshkentda kadastr bosh inspektori pora bilan ushlandi

DXX va Departament xodimlari Toshkentda noqonuniy qurilmalar uchun 2 ming dollar pora olgan kadastr inspektorini hamda Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxsni ushladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Toshkent shahri va Andijon viloyatida yirik noqonuniy holatlar fosh etildi.

DXX Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kadastr agentligining Yashnobod tuman bo‘limi bosh inspektori uchinchi shaxs orqali 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. U mansab vakolatidan foydalanib, fuqaro tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni chora ko‘rib buzdirib tashlamaslik hamda jarima qo‘llamaslik evaziga ushbu pulni talab qilgani aniqlandi.

Shuningdek, Andijon shahrida o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbirda 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro yer firibgarligi ustida qo‘lga olindi. U xaridorga Andijon tumani Xakan sanoat hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini go‘yoki «E-auksion» orqali yutib olganini aytib, kadastr tizimidagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 160 ming dollar talab qilgan. Fuqaro so‘ralgan summadan 80 ming dollarni oldindan olayotgan vaqtida ushlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 11,6 ming dollar pora olgan kadastr xodimi hamda Buvayda tumanida 9,5 ming dollar pora bilan ekoinspektor qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.