So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Toshkentda kuzatilgan noqulay ob-havo oqibatida daraxtlar qulash holatlari qayd etildi

Toshkentda kuzatilgan noqulay ob-havo oqibatida daraxtlar qulash holatlari qayd etildi

Toshkentda kuchli shamoldan keyin Markaz-1, Markaz-2 va bog‘cha hududida daraxtlar quladi. Hokimlik hodisalar yuzasidan bayonot berdi.

Xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi (eski ToshMI) yaqinidagi halqa yo‘lida ildizi bilan qo‘porilib, qo‘shni daraxtga suyanib qolgan yirik daraxt haydovchilar uchun jiddiy xavf tug‘dirgan. Shuningdek, Yunusobod tumanining Oloy bozori yaqinidagi Markaz-2 (C-2) massivida ham tashqi ko‘rinishidan yashil, ammo ichki qismi chirigan daraxt yerga qulagan.

Mutaxassislar poytaxtdagi qari chinor va yasin daraxtlarining ichki qismi zamburug‘ yoki chirish bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligini, shu sababli ularni monitoring qilish zarurligini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisida to‘liq qurib qolgan daraxt qulab, muassasa panjarasini yakson qilgan va piyodalar yo‘lagini yopib qo‘ygan.

Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari mazkur avariya holatidagi va qurigan daraxtlarni kesish bo‘yicha ekologiya xizmatining ruxsatnomasi bo‘lsa-da, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan choralar ko‘rilmaganini ma’lum qilishgan.

Bog‘cha hududida yana to‘rtta xuddi shunday holatdagi daraxt saqlanib qolmoqda. Shuningdek, Markaz-1 (C-1) massivida ham daraxt qulashi oqibatida bitta yengil avtomobil shikastlangan. Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi mazkur hodisalar tabiiy omillar va kuchli shamol oqibatida yuz berganini, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmaganini hamda vaziyat tegishli xizmatlar nazoratida ekanini ma’lum qildi.