So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Toshkentda sobiq xotiniga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak uch sutkaga qamaldi

Toshkentda sobiq xotiniga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak uch sutkaga qamaldi

Toshkentda sobiq xotiniga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 3 sutkaga qamaldi. Videoyozuv yordamida isbotlangan ushbu huquqbuzarlik bo‘yicha sud uzil-kesil qaror chiqardi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, bayram jarayonida erkak ayolga nisbatan shahvoniy mazmundagi harakatlarni sodir etgan, ya’ni unga tegajog‘lik qilib, majburan quchoqlashga va tegishga harakat qilgan.

Jabrlanuvchi o‘z ko‘rsatmasida sobiq eri uning qo‘llaridan tortib, ko‘krak qismiga tegishga uringanini hamda bunday holatlar avval ham takrorlanganini ma’lum qildi. Ayol o‘z so‘zlarini isbotlash uchun sudga voqea aks etgan videoyozuvni taqdim etgan va bu dalil aybdorni fosh etishda asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.

Sudda huquqbuzar o‘zining bu harakatlarini oqlashga urinib, janjal vaqtida sobiq xotinini shunchaki «tinchlantirmoqchi» bo‘lganini, unga nisbatan shilqimlik qilish niyati bo‘lmaganini iddao qildi. Shunga qaramay, u o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi. Sud barcha holatlarni o‘rganib chiqib, erkakni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topdi.

Sud hukmi bilan huquqbuzarga nisbatan 3 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ushbu qaror jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlik va shilqimlikka nisbatan murosasizlikni mustahkamlashga qaratilgan.