So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Toshkentda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisini kaltaklagan informatika o‘qituvchisiga jinoiy ish ochildi

Toshkentda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisini kaltaklagan informatika o‘qituvchisiga jinoiy ish ochildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-maktabda informatika o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisini darsda kaltaklagani uchun unga nisbatan JKning 105-moddasi bilan jinoiy ish ochildi.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani ortidan jiddiy janjal kelib chiqdi. Toshkent shahar IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 19-may kuni informatika darsida sodir bo‘lgan. 2002-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi dars jarayoniga xalaqit bergani va talablarni bajarmagani uchun 2010-yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchisiga nisbatan kuch ishlatgan. Kaltaklangan o‘smir tan jarohatlari bilan shifokorlarga murojaat qilgan.

Hozirda informatika o‘qituvchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda huquq-tartibot idoralaridan iborat ishchi guruh maktabdagi holatni to‘liq tekshirmoqda. Mutasaddilar ichki qoidalarga rioya qilmagan va ushbu vaziyatga javobgar bo‘lgan barcha shaxslarga qonun doirasida chora ko‘rilishini bildirdi.

[telegram_post url=»https://t.me/pressauz/39903″]