So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Toshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandi

Toshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandi

Toshkentning Sergeli tumanida 1985-yilda tug‘ilgan ayol 3 yoshli qizini 10 ming dollarga sotayotganda ushlandi. Unga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘z farzandini pullamoqchi bo‘lgan ayol huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamkorligida maxsus tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 1985-yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga avvaldan notanish bo‘lgan shaxsga 3 yoshli qizini 10 ming AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «b» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu O‘zbekistonda onalar tomonidan o‘z farzandini sotishga urinish bilan bog‘liq birinchi holat emas. Avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida to‘rt kunlik chaqalog‘ini 1500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol sud hukmi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Shuningdek, Buxoro tumanida ham mudhish voqea qayd etilib, unda 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan ona o‘zining hali uch kunlik ham bo‘lmagan qiz farzandini to‘rt ming AQSH dollariga sotishga uringan vaqtida qo‘lga olingan edi.