So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Toshkentda uylar oldida va trotuarlarda qoldirilgan mashinalar evakuatsiya qilinadi

Toshkentda uylar oldida va trotuarlarda qoldirilgan mashinalar evakuatsiya qilinadi

Toshkentda uylar oldida yo‘lni to‘sgan, trotuar va bekatlarda qoldirilgan mashinalar evakuatsiya qilinadi. Nazorat kuchaytirildi.

Endilikda tartibni buzgan holda, ya’ni uylar oldida boshqa mashinalarning kirish-chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ygan, trotuarlar va piyodalar o‘tish joylariga joylashtirilgan avtomobillar jarima maydonchalariga majburiy tartibda olib ketiladi.

Shuningdek, avtobus bekatlari maydonida to‘xtab turgan, maysazorlar va ko‘kalamzorlashtirilgan yashil zonalarga qo‘yilgan hamda to‘xtashni taqiqlovchi yo‘l belgilari ostida qoldirilgan barcha transport vositalari ham evakuatsiya qilinadi.

Mutasaddilar ushbu qat’iy choralar shahar muhitini barcha aholi, ayniqsa keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va yosh bolali ota-onalar uchun xavfsiz hamda qulay qilish maqsadida joriy etilayotganini ta’kidlamoqda. Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz amal qilish va umumiy shahar makonini hurmat qilish so‘raladi.