Prezident qaroriga ko‘ra, Toshkent shahridagi 35 ta bozor va savdo majmualari, jumladan bozorlar sotuvidoirasida Ippodrom, O‘rikzor, Farhod va Qodisheva bozorlari ochiq auksion savdolariga chiqariladi.
O‘zbekiston Prezidenti Toshkent shahridagi 35 ta bozor va savdo majmuasini ochiq auksion savdolari orqali xususiy sektorga sotish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Bozorlar sotuvi davlat ulushini qisqartirish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ochiq savdolarga chiqariladigan obyektlar orasida poytaxtning eng yirik va mashhur savdo majmualari hamda ularning filiallari mavjud.
Xususan, ommaviy savdolarga «Abu Saxiy» (Ippodrom/Chilonzor buyum), «Bek to‘pi», «O‘rikzor» majmualari, Sergeli avtobozori, Yangiobod ixtisoslashtirilgan bozori hamda «Parkent», Farhod, «Aviasozlar» (Qodisheva), Sergeli, Qoraqamish va Qo‘yliq dehqon bozorlari qo‘yilmoqda. Shuningdek, «Navro‘z» dehqon bozori, uning «Bo‘z», «Yalang‘och», «Qorasuv-2», «Avayxon», «Ulug‘bek» va «Shirin» kabi filiallari, Yunusobod va Qoraqamish bozorlarining kichik shoxobchalari hamda avtoturargohlar ham xususiylashtirilishi belgilangan. Ushbu qadam bozorlar infratuzilmasini zamonaviylashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.