So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

Toshkentning har bir tumanida sun’iy ko‘llar barpo etiladi: poytaxt suv havzalari tubdan yangilanadi

Toshkentning har bir tumanida sun’iy ko‘llar barpo etiladi: poytaxt suv havzalari tubdan yangilanadi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra Toshkentda sun’iy ko‘llar soni 12 taga yetkaziladi. Chirchiq daryosi sohillari obodonlashtirilib, Bektemir kanali bo‘ylab yirik yashil hududlar va sayilgohlar barpo etiladi.

Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash va aholi uchun qulay mikroiqlim yaratish maqsadida yirik suv loyihalari amalga oshiriladi. Davlat rahbari poytaxtning suv ob’ektlarini obodonlashtirish rejalarini ko‘zdan kechirib, avval ko‘zda tutilgan sun’iy ko‘llar sonini uch baravarga oshirishni topshirdi.

Dastlab shaharda to‘rtta suv havzasi qurish rejalashtirilgan edi, biroq Prezident Shavkat Mirziyoyev bu miqdorni 12 taga yetkazish, ya’ni har bir tumanda bittadan sun’iy ko‘l barpo etish zarurligini ta’kidladi. Ushbu tashabbusni hayotga tatbiq etish uchun zarur mablag‘lar ajratilishi hal qilindi. Yangi suv havzalari atrofida dam olish maskanlari, favvoralar va yashil maydonlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha doirasida Chirchiq daryosining 16 kilometrlik qismida qirg‘oqlarni mustahkamlash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi. «Sohil bo‘yi» loyihasi doirasida 300 gektardan ortiq maydonda sayilgohlar, piyodalar yo‘laklari va savdo shoxobchalari joylashtiriladi.

Shuningdek, Bektemir kanali bo‘ylab qariyb 187 gektarlik «yashil belbog‘» yaratilishi rejalashtirilgan. Bu yerda zamonaviy velosiped yo‘laklari, tungi yoritish tizimlari va yangi ko‘priklar qurilib, poytaxt aholisining sayr qilishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Mazkur islohotlar Toshkentdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va shahar qiyofasini yanada ko‘rkamlashishiga xizmat qiladi.