So‘nggi:
Toshkentning qator hududlarida bugun tunda issiq suv harorati vaqtincha pasayadiJamiyatYoqilg‘i inqirozi xavfi: Qirg‘iziston O‘zbekiston va qo‘shnilardan zudlik bilan yordam so‘radiSiyosatBodomzor chorrahasida KIA bilan to‘qnashgan Lacetti bo‘laklarga bo‘linib ketdiJamiyatBMT 2027–2036-yillarni kelajak avlodlar uchun tinchlikni mustahkamlash o‘n yilligi deb e’lon qildiDunyoUmarbek Eshmurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunladiJamiyatBanklardagi muammoli kreditlar 23,6 trln so‘mdan oshdiIqtisodiyotYTHda haydovchilarga pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdorning sug‘urtasidan olishga ruxsat berildiJamiyatFabio Kannavaro Kongo DRga qarshi o‘yindan so‘ng mag‘lubiyat sabablarini aytdiSportO‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH—2026 o‘yinida DR Kongoga imkoniyatni boy berdiSportAfg‘onistondagi kuchli zilzila asoratlari O‘zbekistonda 5 ballgacha sezildiJamiyat

Toshkentning qator hududlarida bugun tunda issiq suv harorati vaqtincha pasayadi

Toshkentning qator hududlarida bugun tunda issiq suv harorati vaqtincha pasayadi

Bugun soat 00:00 dan 06:00 gacha Toshkent shahrining juda ko‘plab mavze va markaziy ko‘chalarida issiq suv amalda to‘liq sovib ketadi. Veolia kompaniyasi Chilonzor, Uchtepa, Mirobod va boshqa tumanlarni qamrab olgan issiqlik tarmoqlarida gidravlik sinovlar o‘tkazadi.

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi bergan shoshilinch axborotga ko‘ra, bunga issiqlik quvurlarida olib boriladigan majburiy gidravlik sinovlar va profilaktika ishlari sabab bo‘lmoqda. Texnik tadbirlar IM-9 va ToshIEM (M-5, M-8 quvurlari) magistrallarida bajariladi. Sinovlar aholiga qiyinchilik tug‘dirmaslik uchun tunda o‘tkazilayotgan bo‘lsa-da, olti soat davomida jo‘mraklardan issiq suv oqmaydi.

Harorat pasayishi kuzatiladigan hududlar ko‘lami juda keng. IM-9 yo‘nalishi bo‘yicha Takaqi, Guliston, Shirin, Lutfiy, Farhod, Katta Xirmontepa, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa ko‘chalari, Katta va Kichik halqa yo‘llari, O‘rikzor bozori hududi, Sharq hamda Al-Xorazmiy-1, 2 massivlari, shuningdek, Chilonzorning 7, 13–15, 21–25, 30 va 31-mavzelarida suv vaqtincha soviydi.

ToshIEM tarmog‘ida esa markaziy shohko‘chalar — Amir Temur, Mustaqillik, Islom Karimov, shuningdek, Navoiy, Bobur, Glinka, Qumariq, Yahyo G‘ulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod ko‘chalari cheklovga tushdi. Bundan tashqari, Ts-1, 2, 4, 5, 7 massivlari, Uchuvchilar shaharchasi, Qushbegi va Boshliq mavzelarida ham tunda suv harorati pasayadi va tonggi soat oltidan keyin me’yoriy holatga qaytariladi.