So‘nggi:
Moskvaga qilingan yirik dronlar hujumi aviatsiyani falaj qildiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo20–22-iyun kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindiJamiyatBaxtiyor Islomov Oliy sud raisligidan ketdiSiyosatToshkent viloyatida 3 mlrd dollarlik mutlaqo yangi xalqaro aeroport barpo etiladiJamiyatMilliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati chekish, shovqin va mayda bezorilik uchun jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘ldiJamiyatAQSH Kubaga yadroviy aviatashuvchi kema yubordiDunyoToshkentda uch yoshli qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona ushlandiJamiyatQozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqdaDunyoO‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini yubordiJamiyat

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasi uchun nol darajali QQS joriy etilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasi uchun nol darajali QQS joriy etilishi kutilmoqda

Soliq qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalari uchun QQS stavkasini 0 foizga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Imtiyoz ishchi o‘rinlarini saqlagan va tushum hajmini ta’minlagan tadbirkorlarga beriladi.

Ushbu tashabbus xalqaro tajribaga asoslangan bo‘lib biznesni legallashtirish va xufyona iqtisodiyotga barham berishni ko‘zda tutadi. Nol darajali stavkani qo‘llash uchun tadbirkorlar davlat tomonidan belgilangan bir qator iqtisodiy shartlarni bajarishlari talab etiladi.

Yangi tizimga ko‘ra tadbirkorlarga standart yoki imtiyozli soliq rejimidan birini tanlash ixtiyori beriladi. Agar restoran yoki kafe ma’lum miqdordagi xodimlar sonini (masalan 20 kishi) saqlab qolsa va belgilangan yillik tushum hajmini ta’minlasa u QQS to‘lashdan ozod etiladi. Bunday sharoitda korxona uchun faqat foyda solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lash majburiyati qoladi. Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyevning ta’kidlashicha bu kabi imtiyozlar biznes ko‘rsatkichlarini yaxshilash evaziga beriladigan maqsadli yordam hisoblanadi.

Hozirda ushbu taklifni soha vakillari bilan kengroq muhokama qilish va bozorning bu yangilikka tayyorligini o‘rganish rejalashtirilgan. Soliq organlari tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli kelishuvga erishishni ko‘zlamoqda. Agar ushbu loyiha ma’qullansa umumiy ovqatlanish shoxobchalari o‘z faoliyatini yanada kengaytirish va ishchilarga rasmiy maosh to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga va narxlarning barqarorlashishiga xizmat qiladi.