So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

Abduqodir Husanov Manchester City tarkibida Angliya kubogi uchun kurashadi

Abduqodir Husanov Manchester City tarkibida Angliya kubogi uchun kurashadi

Manchester City yarim finalda «Sautgempton»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Angliya kubogi finaliga yo‘llanma oldi. «Shaharliklar» safidagi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ushbu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan ilk hamyurtimizga aylanishi mumkin.

«Uembli» stadionida kechgan yarim final bahsida Pep Gvardiola shogirdlari «Sautgempton» ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdilar.

O‘yin kutilmagan burilishlarga boy bo‘ldi: 79-daqiqada Finn Azaz gol urib, «Sautgempton»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq «Manchester Siti» so‘nggi daqiqalarda bosimni oshirdi va Jeremi Dokuning 83-daqiqadagi hamda Niko Gonsalesning 87-daqiqadagi gollari evaziga g‘alabani ilib ketdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvda zaxirada qoldirildi.

Bu «shaharliklar» uchun klub tarixidagi 15-final bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, jamoa Angliya kubogining so‘nggi ikki finalida mag‘lubiyatga uchragan, shu sababli bo‘lajak bahs ushbu noxush seriyaga chek qo‘yish imkoniyatidir. «Siti»ning finaldagi raqibi bugun, 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan «Chelsi» va «Lids» uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Finaldagi g‘alaba nafaqat klub, balki butun O‘zbekiston futboli uchun tarixiy voqea bo‘lishi mumkin, chunki Husanov dunyodagi eng qadimgi futbol turniri g‘olibiga aylangan ilk o‘zbek futbolchisi sifatida tarixda qolishi kutilmoqda.