So‘nggi:
O‘zbekistonda YATT va o‘zi band qilganlar uchun yagona ijtimoiy soliq joriy etilishi mumkinIqtisodiyotO‘zbekistonda avtobuzarlarning mashinalari tortib olinadiJamiyatOq uy COVID-19 kelib chiqishi laboratoriya bilan bog‘liqligi haqida hisobot e’lon qildiJamiyatToshkentdagi 35 ta bozor va savdo majmualari ochiq auksion orqali sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yilda milliy to‘lov svitchini ishga tushirish rejalashtirilmoqdaIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Ostonada “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdiSiyosatO‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yilidan imtihonlar internetda uzatiladi va talabalar qarzi uchun o‘qishdan bo‘shatilmaydiJamiyatO‘zbekistonliklar Dubay aeroportining VIP-zallariga ishga taklif qilinmoqdaJamiyatWildberries Rossiyadagi dron hujumlari sabab omborlarini Qozog‘istonga ko‘chirmoqdaDunyoIchimlik suvi tariflarini tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladiJamiyat

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 oldidan tayyorgarlik rejasi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 oldidan tayyorgarlik rejasi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 ga tayyorgarlik rejasi ma’lum bo‘ldi. Vakillarimiz AQSh va Kanadada yig‘in o‘tkazadilar.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini boshlamoqda. Rejaga ko‘ra, jamoa 25-mayga qadar Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi, so‘ngra AQShga yo‘l oladi. Mundial davomida terma jamoamiz uchun Nyu-York shahri asosiy baza vazifasini o‘taydi.

Toshkentdagi yig‘in doirasida vakillarimiz mahalliy klublar bilan nazorat o‘yinlarida maydonga tushmoqda. 10-may kuni o‘tkazilgan dastlabki bahsda 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba qayd etildi. Navbatdagi uchrashuvlar 16 va 22-may kunlariga belgilangan. 26-may kuni erta tongda terma jamoa Nyu-Yorkka uchib ketadi va u yerda okean orti iqlimiga moslashish jarayonini boshlaydi.

Guruh bosqichi boshlanishidan avval O‘zbekiston ikkita nufuzli o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. 1-iyun kuni Kanadaga qarshi, 8-iyun kuni esa Niderlandiya bilan kuch sinashiladi. Ushbu bahslar jamoaning holatini tekshirish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichida hamyurtlarimizni Meksika va AQSh kabi kuchli raqiblar bilan murosasiz o‘yinlar kutmoqda.